Joriy yil 9 oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Maraximov Avazjon Raximovichga 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan "O‘zarxiv" agentligi takbriknomasi topshirildi.
Hurmatli Avazjon Rahimovich!
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi jamoasi nomidan Sizni, ayni kuch-g‘ayratga to‘lgan, hayotda ish faoliyatidan kamolotga yetgan yoshingiz-tavalludingizning 60 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, ushbu qutlug‘ kunda Sizga va oilangizga barcha ezgu tilaklar hamroh bo‘lishini tilaymiz!
Siz hayotingizni mamlakatimizning poydevor tizimlaridan bo‘lgan ta’lim bilan chambarchas bog‘lab, sohaning mashaqqatini matonat bilan yengib kelmoqdasiz. Yuzlab insonlarga hayotda o‘z yo‘lini topishida ko‘mak berib, ularga Ustozlik qilib kelmoqdasiz.
Bugungi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan ko‘plab kadrlar “O‘zarxiv” agentligi tizimida faoliyat olib bormoqda va barchasining qalbida ta’lim bergan ustozlariga cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari mujassam! Shu bilan birga “O‘zarxiv” agentligi bilan universitet o‘rtasida hamkorlik kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda. Bunda birinchi navbatda Sizning alohida hissangizni e’tirof etamiz
Sizni yana bir bor muborak yoshingiz bilan tabriklaymiz, mustahkam sog‘liq, uzoq umr, respublikamiz taraqqiyoti, ilm-fan, xususan, kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim tizimi rivojidagi sharafli ishlaringizda muvaffaqiyat, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.
Sizga cheksiz hurmat bilan,
“O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov
Joriy yil 9 oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Maraximov Avazjon Raximovichga 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan "O‘zarxiv" agentligi takbriknomasi topshirildi.