Joriy yilda Surxondaryo viloyatida Oʻzbekistonda arxiv tizimini tashkil etilganligining 100-yilligi keng nishonlanadi.
Joriy yilda Surxondaryo viloyatida Oʻzbekistonda arxiv tizimini tashkil etilganligining 100-yilligi keng nishonlanadi.
2019-yil 5-avgust kuni Bosh vazir tomonidan “Oʻzbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100-yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora tadbirlar rejasi” tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Surxondaryo viloyatida Oʻzbekistonda arxiv tizimini tashkil etilganligining 100-yilligi keng nishonlanadi. Chora tadbir rejasida “Oʻzarxiv” agentligi bilan vazirlik va tashkilotlar hamkorligida ushbu yubiley sanani munosib oʻtkazish tadbirlari belgilangan. Bayram tadbirlari doirasida Surxondaryo viloyati davlat arxivning yangi, zamonaviy binosini foydalanishga topshirish, qimmatli arxiv hujjatlari asosida kitob-albom chop ettirish, “Media maydonda tarixiy tadqiqotlar va arxivshunoslik integratsiyasi” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazish va boshqa qator madaniy tadbirlar oʻtkazilish rejalashtirilgan.