Joriy yilning 13-iyun kuni Namangan viloyat Madaniyat markazi binosida “O‘zarxiv” agentligi tizimida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 13-iyun kuni Namangan viloyat Madaniyat markazi binosida “O‘zarxiv” agentligi tizimida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida “Oʻzarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sodiqov quidagilar haqida axborot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining 2025-yil I yarim yillik asosiy ish rejasiga muvofiq Yoshlarga oid davlat siyosatini  amalga oshirish yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan.

Bugingi kunda “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarda jami 483 nafar yosh xodim faoliyat olib bormoqda. Shundan, 215 nafari erkak, 268 nafari ayol xodimlar boʻlib, 203 nafari oliy, 280 nafari oʻrta maʼlumotga ega. Agentlik va uning tizimida 22 nafar  yosh rahbar xodimlar (boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi, rahbar oʻrinbosari) faoliyat olib bormoqda.2024-2025 oʻquv yili uchun “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupovning tavsiyanomalari asosida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti maxsus sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 27 ga yaqin arxiv xodimlari talabalikka tavsiya etildi hamda ular sinov imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinganlar.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori buyruqlari asosida Agentlik xodimlari va tizim tashkiloti xodimlari ilgʻor AKT sohasi va chet tillari xususan ingliz tili boʻyicha Ibrat farzandlari onlayn platformasida online oʻqishlari uchun 40 nafar xodimlarga promakodlar olib berildi hamda shu orqali bilim va koʻnikmalarini oshirib kelmoqdalar.

Joriy yil hisobidan bugungi kunga qadar sohada faoliyat olib borayotgan 30 dan ortiq faol va tashabbuskor yoshlar “Oʻzarxiv” agentligining diplom, Faxriy yorliq hamda Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar. “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlarining huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongi hamda sohaga oid bilimlarini oshirish, shuningdek bahor bayramini munosib nishonlash maqsadida 2025-yil 3-4-aprel kunlari Toshkent viloyatida “Arxiv malikalari” respublika koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Mazkur tanlovga 50 ga yaqin ayol-qizlar qamrab olindi.Arxivchi yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlik va sohaga doir bilimlarini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazilmoqda anʼanaviy tarzda 2020-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan oʻyinlarda 200 ga yaqin yoshlar va soha bilimdonlari faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Arxivchi yoshlarning xorijiy davlatlarga malaka oshirish va tajriba almashishiga yuborish yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan Fransiya, Janubiy Koreya, Rossiya va Qozogʻiston davlatlariga har yili yuboriladi. Ushbu yilda 3 ta xalqaro, 5 ta respublika konferensiyalarida 50 dan ortiq yosh arxivchilar faol ishtirok etdilar. Xususan, hozirgi paytda bir guruh arxivchi yoshlar Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazilayotgan Yosh arxivchilar lagerida boʻlib oʻz bilim va tajribalarini oshirishmoqda.

Respublikamizda har yili 9-iyun – Xalqaro arxivlar kunini nishonlash doirasida yangi qurilgan yoki kapital taʼmirdan chiqqan arxiv binosini foydalanishga topshirish, yosh arxivchilar forumini va boshqa qator tadbirlarni oʻtkazish anʼanaga aylangan. Xususan, Respublika “Yosh arxivchilar forumi - 2025” tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan. Xususan, 13- iyun kuni Namangan viloyati “Barkamol avlod” sport majmuasida “Agentlik direktori kubogi-2025” final bosqichi,  “Ayollar saprtakiadasi”, Erkaklar oʻrtasida “Agentlik shohsupasi” shaxmat musobaqasi va bir qator sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Namangan viloyati tarixida muhim voqea  2025-yil 14-iyun kuni Namangan viloyati davlat arxivining zamonaviy va qulay yangi binosi tantanali ravishda ochiladi. Ushbu muhim tadbir arxiv ishlarini zamonaviy bosqichga olib chiqish, tarixiy hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.Yangi bino zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilib, unda 600 mingdan ortiq arxiv hujjatlarini xavfsiz saqlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Binoda iqlim nazorati tizimi, yong‘inga qarshi ilg‘or vositalar, raqamlashtirish xonalari, zamonaviy kutubxona va foydalanuvchilar uchun qulay o‘quv zallari mavjud. Namangan viloyati davlat arxivlari bugungi kunda 1 million saqlov birligidan ziyod arxiv hujjatlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, ular viloyat tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, siyosiy voqealari va madaniy merosiga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu hujjatlar 1917-yildan boshlab jamlangan bo‘lib, mintaqaning o‘tmishi haqida to‘liq va ishonchli manba hisoblanadi. Yangi arxiv binosini qurish uchun 19 milliard 200 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Bu tashabbus davlatimizning tarixiy merosni asrash va kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi doimiy e’tiborining amaliy ifodasidir.

Xuddi shu kuni Namangan viloyat madaniyat markazida “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, hisobini yuritish va samarali foydalanish: muammo va yechimlar” mavzusida amaliy konferensiya, “Korrupsiya – halokatga yoʻl” mavzusida davra suhbati, “Zakovat” intellyektual oʻyinlari, “Rahbar va yoshlar” va “Uch avlod” uchrashuvlari respublika yosh arxivchilarini qamrab oladi.

Andijon viloyati Shahrixon tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o‘tkazildi.

Shuningdek, ilk bor yosh arxivchi xodimlar oʻrtasida “Palov chempionati”, yoshlarni madaniy hordiq chiqarishlari va ziyorat turizmni rivojlantirish maqsadida Namangan viloyati boʻlib oʻtayotgan “Gullar festivali”ga tashrif uyushtiriladi.

Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorchilik bildiriladi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati