Joriy yilning 16 iyul kuni Namangan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida hududiy boshqarma tizimidagi davlat arxivlari tomonidan bajarilgan ishlarga bag‘ishlangan “Brifing” o’tkazildi.

Unda Namangan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi, ommaviy axborot vositalari va axborot xizmatlari vakillari ishtirok etdi. Brifing davomida 2022-yilning shu davriga qadar bajarilgan ishlar borasida to‘liq ma‘lumotlar berildi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati