«O‘zarxiv» agentligi va tizimdagi davlat arxivlari mutaxassislari Moskva shahrida o‘tkazilayotgan VNIIDADning “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish” mavzusi ostida XXX-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.









Joriy yilning 18-19 aprel kunlari «O‘zarxiv» agentligi va tizimdagi davlat arxivlari mutaxassislari Moskva shahrida o‘tkazilayotgan Butunrossiya hujjatlashtirish va arxivshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ning “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish” mavzusi ostida XXX-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.

Ushbu konferensiyada «O‘zarxiv» agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev “Arxiv hujjatlari saqlanishini taʼminlashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusidagi maʼruzasi bilan, O‘zbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi, Professor, Tarix fanlari doktori M.S.Isakova “Ish yuritish va arxiv ishi sohasidagi normativ hujjatlarni integratsiyalash masalalari”, O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘lim mudiri M.S.Shorahbarova “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi maʼruzalari bilan masofaviy formatda faol ishtirok etdilar.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati