Joriy yilning 20-oktabr kuni, “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy arxivida “Qadring baland boʻlsin, Ona tilim” anʼanaviy shiori ostida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.



 

Tadbirda Oʻzbekiston milliy arxivi xodimlari, Fanlar akademiyasi Tarix instituti xodimlari, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professor-oʻqituvchilari, talabalar, arxiv sohasidagi chet ellik tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda oʻzbek tilini keng targʻib qilib kelayotgan, ish yuritish va arxiv sohasida fidoiy xodimlar 21-oktabr - "Oʻzbek tili bayrami kuni" munosabati bilan “Oʻzarxiv” agentligi direktorining “Faxriy yorligʻi” hamda “Tashakkurnomasi” idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Shu bilan birga, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi direktori Dadayeva Feruza Shukurovna, Oʻzbekiston Milliy arxivi xodimi Abdurasulova Muhtabar Gafurovnalar Oʻzbekiston faxriylarini qoʻllab-quvvatlash Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq II darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni hamda pul mukofoti bilan taqdirlandilar. Faxriylarga atalgan yuksak mukofotlarni “Oʻzarxiv” agentligi direktori U. Yusupov tantanali ravishda topshirdi. 

“Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda “Qadring baland boʻlsin, Ona tilim” anʼanaviy shiori ostida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati