Joriy yilning 24 avgust kuni Oʼzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida Oʼzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – arxiv hujjatlari, tahlil, imkoniyat, masʼuliyat” nomli bayram tadbiri oʼtkazildi.

Bayram tadbirida uzoq yillar Oʼzbekiston Oliy majlis Qonunchilik palatasida deputat boʼlgan yuridik fanlar doktori I.Nasriev, Oʼzbek tili va adabiyoti instituti filologiya fanlari doktori D.E. Xoldorov, "Oʼzarxiv" agentligi direktori maslahatchisi Sh.M.Tursunbaev, UzMU Tarix fakul`teti "Arxivshunoslik va manbashunoslik" kafedrasi mudiri Z.Rahmonqulova, shuningdek mazkur arxivda koʼp yillar samarali mehnat qilgan arxivning sobiq direktori M.Xojimetovalar arxiv sohasi tarixi, mustaqillik yillarida arxiv sohasining rivojlanishi toʼgʼrisida qiziqarli maʼruzalari va tabrik so`zlari bilan ishtirok etdilar.


Manba : “Ўзархив” агентлиги Ахборот хизмати