Joriy yilning 25-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazi binosida “Elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi (arxiv.gov.uz) amaliyotga joriy etilganligi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25-dekabr kuni Milliy matbuot markazi binosida “Elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi amaliyotga joriy etilganligi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jumladan “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov quyidagilar haqida axborot berdi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi “2022 – 2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–357-son qarori 2-ilovaning 55-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 noyabrdagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-419-son qarorining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son qarori 1-ilovasining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishi belgilangan edi.
"Idoraviy elektron arxiv" axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriq bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan ekspert xulosalari olindi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rgangan holda “O‘zarxiv” agentligi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi huzuridagi "Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi" MChJ hamkorligida "Idoraviy elektron arxiv" axborot tizimi ishlab chiqildi.
Elektron hujjatlami saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan "Idoraviy elektron arxiv" axborot tizimini “O‘zarxiv” agentligi, "Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi" MChJda o‘tkazilgan test-sinov amaliyoti bo‘yicha ijobiy natija qayd etilib, joriy yilning 15 dekabrida amaliyotga joriy etildi.
2024-yilda “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimiga Davlat arxivlari manbai hisoblangan 8 mingga yaqin davlat idoralari va tashkilotlarida joriy etilishi va 100 ming nafardan ziyod foydalanuvchilar ulanishi rejalashtirilmoqda.
“Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi zamonaviy elektron hujjatlarni boshqarish zanjirining ajralmas qismiga aylanib, tashkilotlarga elektron hujjatlarni saqlash, boshqarish va ulardan foydalanishni ta’minlashning samarali, barqaror va xavfsiz usulini taqdim etadi.
“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” MChJ direktori Amirjon Nosirov quyidagilar haqida taqdimot qildi: Markaz bilan “O‘zarxiv” agentligi hamkorligida tasdiqlangan Texnik topshiriq asosida, “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi ishlab chiqildi.
“Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimida 6 ta rol va 11 ta quyi tizimlari yaratildi, shu jumladan ma’lumotnomalar, shaxsiy kabinet, arxivlar, tashkilotlar, xodimlar, nomenklatura, hujjatlarni kiritish, yig‘ma jildlar, ro‘yxatlar, ma’lumot qidirish va hisobot modullari joriy qilindi.
Axborot tizimini joriy qilish orqali tashkilot nomenklaturasini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash, nomenklatura asosida elektron hujjatlarni shaklantirish, elektron arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga qabul qilish, hujjatlarni tezkor qidirib-topish va foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha video qo‘llanma materiallari tayyorlandi.
“Idoraviy elektron” arxiv axborot tizimi yagona identifikatsiya tizimi - id.egov.uz va Idoralararo hujjat aylanish tizimi – edo.ijro.uz axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
Axborot tizimining qo‘llab quvvatlash uchun Call-markaz tashkil etildi, bunda mijozlar uchun tizimdan foydalanish va tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
“O‘zarxiv” agentligi bilan hamkorlikda "Idoraviy elektron arxiv" axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha yuzaga kelgan muammo tezkor bartaraf etish hamda takliflar asosida tizimni doimiy rivojlantirib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
“Unicon soft” MChJ direktori birinchi o‘rinbosari Umid Usmonov qo‘yidagilar xaqida axborot berdi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son qaroriga asosan Respublikadagi vazirlik va tashkilotlarda «edo.ijro.uz» elektron hujjat aylanish tizimini to‘liq joriy etish belgilangan.
Tasdiqlangan texlogik yo‘riqnomaga asosan, O‘zarxiv agentligining “arxiv.gov.uz” “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi va “Unicon soft” MChJning “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimini o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda, korxona yoki tashkilotlar xodimi tomonidan edo.ijro.uz tizimida imzolangan hujjatlari, ushbu xodimning “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi kabinetidagi saralanmangan hujjatlar bo‘linmasida avtomatik, ya’ni rahbar tomonidan imzolanishi bilan shakllanib boradi.
Shuningdek, qo‘shimcha ravishda avval yaratilgan hujjatlarni idoraviy elektron arxivga yuborish uchun «edo.ijro.uz» tizimining mening hujjatlarim bo‘linmasida “Arxivga yuborish” tugmasi joriy qilindi.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi, “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “Unicon Soft” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariyati, Arxiv muassasalari rahbarlari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi