Joriy yilning 6-noyabr kuni “RENESSANS” kino uyi binosida O‘zbekistonda arxiv tizimi tashkil topganligining 104 yilligi (5-noyabr 1919 y.) va O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi (1943-2023 yy.) tashkil etilganligining 80 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilning 6-noyabr kuni “RENESSANS” kino uyi binosida O‘zbekistonda arxiv tizimi tashkil topganligining 104 yilligi (5-noyabr 1919 y.) va O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi (1943-2023 yy.) tashkil etilganligining 80 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Turkiston o‘lkasi va O‘zbekiston Respublikasining kino, foto va fono hujjatlari uzoq tarixiy yo‘lni bosib, bizning hozirgi davrimizgacha yetib keldi va ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab kelgusi avlodga meros qoldirish sharafli vazifamizdir. 1860 yillarda suratga olib muhrlangan fotolar, 1900 yillardagi tasvirga tushirilgan kino lentalar va 1930 yillarda tayyorlangan ovozli gramplastinkalarni alohida bir joyda saqlash masalasi hal qilinib, O‘zbekiston SSR SNK-sining 1943 yil 18 martdagi 145-sonli qarori bilan O‘zbekiston SSR Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil etilgan.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov hamda Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari Shuxrat Rizayevlar kirish so‘zlari bilan ochib berdilar. O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi faxriylari, xodimlari hamda Kinematografiya agentligi xodimlari “O‘zarxiv” agentligi idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Arxiv 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan taniqli ijodkor Ali Xamroyev rejissyorligida “Mangu lahzalar” hujjatli filmi tayrlandi. Tadbirda ushbu filmning taqdimoti o‘tkazildi. Filmdagi qiziqarli kadrlar orqali arxivning kecha va bugungi kuni, unda saqlanayotgan o‘ta noyob, benihoya qiziqarli kino, foto, ovozli hujjatlar xaqida maʼlumot olish mumkin. Film o‘zbek tilida tayyorlanib, rus tiliga dublyaj qilingan va ingliz tilida subtitr qilingan.
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan “O‘zbekiston” nashriyotida maxsus kitob-albom chop etildi. Tadbirda ushbu kitob-albomning taqdimoti o‘tkazildi. Nashr to‘g‘risidagi fikrlar bilan so‘zgan chiqqanlar, mazkur kitob-albomda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining tashkil topishidan tortib shu kungacha faoliyati, bu yerda ishlagan jonkuyar rahbar va xodimlar, qiziqarli arxiv hujjatlaridan namunalar keltirilganligi, tadqiqotchilar uchun bu alohida manba bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risida gapirdilar.
Tadbirda Adliya vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Kinematografiya agentligi tizim tashkilotlari rahbarlari, xodimlari, taniqli kino, sanʼat, teatr namoyondalari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.