“Karyera kunlari” o‘tkazildi
“Karyera kunlari” o‘tkazildi
Joriy yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini 2015-2016 o‘quv yilida “Tarix (Islom tarixi va manbashunoslik)”, “Dinshunoslik”, “Psixalogiya (Din sotsiosixologiyasi)”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, Informatika va axborot texnologiyalari” bakalavriat yo‘nalishlari hamda “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga joylashtirishni tashkil etish maqsadida Toshkent islom universitetida“Karyera kunlari” o‘tkazildi.
“Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi tarzida o‘tkazilib O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi va O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirok etdilar. Ushbu mehnat yarmarkasida Toshkent islom universiteti bitiruvchilariga arxivdagi ish o‘rinlari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bajariladigan ish turlari bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni Toshkent islom universiteti qoshida tashkil etilgan manbalar xazinasi fondiga taklif etildi. Ushbu fondda 400 ga yaqin qo‘lyozmalar, 1200 dan ziyod tosh bosmalar saqlanib kelinmoqda. Ular arab, turk, fors, uyg'ur, tatar va boshqa tillardagi qo‘yozmalar bo‘lib, 40 dan ortiq sohalarni egallab olgan. Toshkent islom universitetida tashkil etilgan manbalar xazinasi fondi arxiv xodimlarida katta taassurot qoldirdi.
Toshkent Islom universiteti ustoz va murabbiylari tomonidan kelgusidagi bitiruvchilarni arxiv sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxiviga ekskursiya tashkil etilishi ko‘zda tutildi.
Agentlik Axborot xizmati