Keksalarni e’zozlash-asriy qadriyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llabquvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 maydagi 340-son qarori bilan mamlakat bo‘ylab keksalarning sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” sifatida e’lon qilish belgilangan.
Bunda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib e’tibor qaratish va mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlarini rag‘batlantirish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab qo‘vvatlash vazirligi tomonidan joriy yilda 1 noyabrdan 30 noyabrga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib Buxoro viloyat davlat arxivida ko‘p yillik mehnat qilgan va ayni paytda nafaqada bo‘lib keksalik gashtini surib kelayotgan faxriylarni viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va viloyat davlat arxivi kasaba uyushmasi raisi N.Yusupova bilan birgalikda qadimiy Buxoroning madaniy me’ros ob’ektlariga sayohatlar o‘tkazildi.