“Kinooperator M.Qayumovlar sulolasi”
O‘zbek kinematografiyasi avangardi SSSR Halq artisti, Mehnat Qahramoni rejissyor, ko‘plab hujjatli filmlar operatori Qayumov Malik Qayumovich ijodiga oid kinomahsulotlar milliy kino san’ati durdonasi hisoblanadi. O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivida M.Qayumovlar sulolasi vakili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbektelefilm” kinooperatori, tele va kino ijodkori Temur Qayumov bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda arxivda saqlanayotgan kinohujjatlari, jumladan Qayumovlar sulolasi ijodiga oid kino hujjatlarni to‘liq elektron shakllarga o‘tkazish, arxiv filmotekasini yangi hujjatli filmlar bilan yanada boyitish, mavzuli kino va hujjatli filmlar retrospektiv namoyishlarini tashkil etish va boshqa manfaatli masalalar arxiv direktori A.Mahkamov bilan o‘zaro muhokama qilindi.