“Konstitutsiya bosh qomusimiz” hamda “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

“Konstitutsiya bosh qomusimiz” hamda “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 28 noyabr sanasida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi binosida arxivda faoliyat yuritayotgan xodimlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida davra suxbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori Z.Abdulladjanova ochib berdi. Arxiv xodimi M.Muxammadjonov tomonidan “Konstitutsiya bosh qomusimiz” mavzusida xodimlarga O‘zbekiston Konstitutsiyaning yaratilish tarixi va u haqida umumiy ma’lumot bo‘yicha ma’ruzasi o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 01-26/1632-sonli topshiriq xati asosida “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” doirasida ham davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Unda arxivning direktor o‘rinbosari O.Suyunovning “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman” mavzusidagi ma’ruzasi bilan arxiv xodimlariga saylov qonunchiligidagi yangiliklar, yoshlarning saylovga oid bilimini hamda elektoral faolligini yanada yuksaltirishga qaratilgan hamda saylov orqali davlatning oliy vakillik organi shakllantirilishi va saylov jarayonining joriy qilinishi fuqarolarning siyosiy faolliklari oshishiga hamda ularning huquqiy ongi va siyosiy madaniyati yanada yuksalishiga xizmat qilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur davra suhbati arxiv xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘plab bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.