“Konstitutsiyani o‘rganamiz”

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023 yil 19 maydagi 101-um-son buyrug‘i 6-bandi hamda buyruq bilan tasdiqlangan dastur, nazorat rejasi ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini o‘rganish, uning mazmuni va mohiyatini har bir fuqaroga, har bir davlat arxivining xodimlariga yetkazish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Konstitutsiyani o‘rganamiz” mavzusida seminar tashkil etildi. 

Turkum mavzulardan tashkil etilgan mazkur seminar tizimli olib borilib, endilikda Konstitutsiyaning har bir moddasi yuzasidan tushuntirishlar berib boriladi. Seminarda davlat arxivlari rahbarlari, xodimlari ishtirok etmoqda. Mazkur seminarda Adliya vazirligining maxsus mutaxassisi ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati bilan bir qatorda uning har bir moddalariga alohida to‘htalib, hayotga tadbiq etilishi haqida, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega moddalari haqida asosiy o‘zgarishlar, ijtimoiy himoya, ta’lim, huquqiy davlat, oila, mehnat munosabatlari haqida, eng muhimi inson huquq va erkinliklarining bir yaxlit majmui yaratilganligi haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.
Mazkur seminarlar hududlarda davom ettirilishi belgilab olindi.