Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov o‘rtasida ishchi uchrashuv tashkil etildi
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasining tashabbusiga muvofiq, Koreya ekspertlaridan iborat delegatsiya va “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov bilan joriy yil 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv chog‘ida KOICA tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Project for Providing Advanced Legal Services and Strengthening Legal Education by Establishing Central Asia Digital Law Center” (Markaziy Osiyo Raqamli huquq markazini tashkil etish orqali yuqori darajadagi huquqiy xizmatlar ko‘rsatish va huquqiy ta’limni mustahkamlash loyihasi) hamkorlik loyihasi yuzasidan muvofiqlikni o‘rganish maqsadida mazkur loyihani amalga oshirilishini strategik jihatdan qo‘llab-quvvatlash boʻyicha muzokara olib borildi hamda “Oʻzarxiv” agentligi bilan KOICA oʻrtasidagi uzoq muddatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida arxiv bo‘ylab qiziqarli ekskursiya uyushtirilib, koreyalik mehmonlar arxivda hujjatlar saqlovini taʼminlash, ularni restavratsiya va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishtirildi.