Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi xalqaro dasturida “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X. Isaev, O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘lim mudirlari M. Shoraxbarova va M. Nig‘monovlar ishtirok etdilar.
Joriy yilning 23-iyul — 2-avgust kunlari “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X. Isaev, O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘lim mudirlari M. Shoraxbarova va M. Nig‘monovlar Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi xalqaro dasturida ishtirok etmoqdalar.
Shunigdek, xalqaro dastur doirasida Koreya Respublikasi va Koreya Milliy arxivida arxiv ishi va ish yuritish hamda AKTni rivojlantirish tizimlarini va raqamlashtirish salohiyatini o‘rganib, bu yo‘nalishdagi ilg‘or xorijiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirmoqdalar.