ko'rgazma ochildi

O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlikni davom ettirish hamda o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida va front ortida ko‘rsatgan beqiyos jasorati va matonatini yana bir bor esga olish maqsadida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan poytaxtda barpo etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi "Shon sharaf muzeyi"da “Xotira sahifalari” mavzuida arxiv fotolar ko‘rgazmasi 2021 yil 30 aprel sanasidan o‘z ishini boshladi.
Yuzlab bolajonlar, o‘quvchilardan iborat tomashabinlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan tarixiy fotolarni qiziqib tomosha qildilar.
Mazkur tadbir yosh avlodni xalqimizning mardligiga, mashaqqatli mehnati, qahramon ajdodlarimizning jasoratiga sodiq bo‘lishiga, tinchlik va osoyishtalikni asrashga, jahon hamjamiyati bilan do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Fotolar ko‘rgazmasi joriy yil 12 may kuniga qadar davom etadi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати