“Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar idora arxivlari ishini tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Namangan viloyat arxiv ishi boshqarmasi tomonidan 2018 yil 28 aprel kuni Namangan viloyat byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi idoraviy arxivida “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar idora arxivlari ishini tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Ushbu o‘quv seminarda Namangan va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning idoraviy arxivining arxivchilari, Namangan viloyat davlat arxivi direktorlari hamda arxivchilari ishtirok etishdi.