Kun tarixi. Bugun xalqaro madaniyat kuni. Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi tarixidan.

Farg‘ona viloyat ijroiya komitetining 1945 yil 2 dekabrdagi “Farg‘ona viloyat ijroiya komiteti qoshida madaniyat-oqartiruv ishlari bo‘yicha bo‘limni tashkil etish haqida”gi 860-sonli qarorida keltirilishicha ushbu bo‘lim tashkil etilishi ko‘plab aholining hoxish va istaklaridan kelib chiqib amalga oshirilgan.

Shuningdek, ushbu qaror bilan kutubxonalar, muzeylar, qizil choyxonalar, o‘quv klublari, ma’ruza byurolarini hamda madaniyat va istirohat bog‘larini ish faoliyatini takomillashtirish va shu sohadagi kadrlar malakasini oshirish masalalari ko‘rilgan.

Bugungi kunda Farg‘ona viloyat davlat arxivida viloyat Madaniyat boshqarmasining  1945-2006 yillarga tegishli bo‘lgan 1297 s/b hujjatlari saqlab kelinmoqda.

Manba : "Ўзархив" агентлиги матбуот хизмати.