Kuni kecha "SOHA IFTIXORI" ko‘krak nishoni Shuxrat Xojiboyevga Agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, "O‘zarxiv" agentligi Arxiv ishi bo‘yicha tashkiliy metodik ishlar bo‘limi boshlig‘i Akbar Fayzullayevga "FAXRIY YoRLIQ" topshirildi.
"O‘zarxiv" agentligining tegishli buyrug‘i bilan 9 iyun "Xalqaro arxivlar kuni" hamda O‘zbekiston Respublikasi "Arxiv ishi to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinganligining 11 yilligi munosabati bilan bir qator soha xodimlari taqdirlandilar.
Bayram sanasi "SOHA IFTIXORI" ko‘krak nishoni bilan quyidagi xodimlar taqdirlandilar:
Bekova Sayyora Saidovna - Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i;
Baynova Yamilya Salimyanovna - Xorazm viloyati davlat arxivi bosh arxivchisi;
Xojiboyev Shuhrat Ergashevich – “O‘zarxiv” agentligi Arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati bo‘limi boshlig‘i.
Hamkasblarimizni yana bir bor muborakbod etgan holda, ishlarida yangidan yangi zafarlar tilab qolamiz!!!