РАСМИЙ БАЁНОТ

Kun.uz  таҳрKun.uz  tahririyati tomonidan 2021 yil 16 aprel' kuni e'lon qilingan “Jizzaxdagi abgor arxivlar: nega mahalliy hokimlar prezident farmoni va hukumat qaroriga bepisand?” maqolasida e'lon qilingan arxiv hujjatxonalari hamda ish stollari ustidagi ayrim betartib turgan hujjatlar aks etgan suratlar yuzasidan  RASMIY BAYONOTирияти томонидан 2021 йил 16 апрель куни эълон қилинган “Жиззахдаги абгор архивлар: нега маҳаллий ҳокимлар президент фармони ва ҳукумат қарорига беписанд?” мақоласида эълон қилинган архив ҳужжатхоналари ҳамда иш столлари устидаги айрим бетартиб турган ҳужжатлар акс этган суратлар юзасидан  РАСМИЙ БАЁНОТ “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh 2021 yil 19 aprel' kuni Kun.uz tahririyati tomonidan e'lon qilingan “Jizzaxdagi abgor arxivlar: nega mahalliy hokimlar prezident farmoni va hukumat qaroriga bepisand?” maqolasida e'lon qilingan arxiv hujjatxonalari hamda ish stollari ustidagi ayrim betartib turgan hujjatlar aks etgan suratlar yuzasidan Jizzax viloyati Jizzax shahar hokimligi bilan hamkorlikda shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida o‘rganish o‘tkazdi.
Xuddi shu kuni Jizzax shahar shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi binosida “O‘zarxiv” agentligi o‘rinbosari Sh.Sadikov va Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodovlar o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, ikki rahbar tomonidan, arxiv binosini boshqa talablarga mos binoga ko‘chirish masalasi muxokama qilindi.
Xuddi shunday uchrashuvdan yana biri Forish tuman hokimi I.Matiev bilan bo‘lib o‘tdi.
Unda, Forish tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi balansiga bino olib berish va yetarlicha shart-sharoit yaratish hamda arxiv viloyat markazidan juda uzoqligini inobatga olgan holda ushbu arxivni byudjetdan moliyalashtirib, Forish tuman davlat arxiviga o‘tkazish masalasi muxokama qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh boshchiligida ushbu suratlarda aks etgan Jizzax shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida betartib turgan hujjatlar va betartib saqlovxona hamda ish joylari tartibga keltirildi.
Xususan, arxiv saqlovxonasidagi hujjatlar stellajlarga tartib bilan joylashtirildi;
kartonlashtirish va  ta'mirlash ishlari olib borildi;
saqlovxonadan ortiqcha jixozlar chiqarib tashlanib, saqlovxona oynalariga qora mato qoplanib, quyosh nuri kirishidan himoyalandi;
ishchi xonalarga parda ilinib, stollarga tegishli qoplamalar solindi;
 ishchi xonaning pol qismiga linoleum tushaldi va binoning kirish qismiga chiroq o‘rnatildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати