“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat arxivlarning ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabini xabardor qilish tartib-taomiliga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, nodavlat arxivlarni davlat va nodavlat arxivlari reyestriga kiritish hamda hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat arxivlarning ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabi xabardor qilish tartibini joriy etish orqali bekor qilish belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati