“Madaniy merosni saqlash va uning holati yomonlashuvini oldini olish, moddiy va nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilish, shuningdek ularning kelajak avlodga bekami-ko‘st yetkazilishida nodavlat notijorat tashkilotlari faolligini oshirish” mavzusida Madani

“Madaniy merosni saqlash va uning holati yomonlashuvini oldini olish, moddiy va nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilish, shuningdek ularning kelajak avlodga bekami-ko‘st yetkazilishida nodavlat notijorat tashkilotlari faolligini oshirish” mavzusida Madaniy-tarixiy va ma’rifiy sohadagi nodavlat notijorat tashkilotlari forumi bo‘lib o‘tdi...

2016 yilning 30 sentyabrida bo‘lib o‘tgan Respublika forumi Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamg‘arma fondi, O‘zbekiston NNTlari Milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi NNT va Fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi, “Kamolot” YoIH hamda “Mahalla” hayriya jamoat fondlarining hamkorligida tashkil etildi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, bir qator boshqa NNT vakillari hamda davlat organlarining vakillari ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividan ham vakillar qatnashdilar.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan qilingan ma’ruza va chiqishlarning asosiy mazmuni “Madaniy merosni muxofaza qilish, uning ob’ektlaridan oqilona foydalanish, mamlakatning tarixiy-madaniy merosini targ‘ib qilish, tarixiy shaharlardagi me’moriy yodgorliklarni avaylab asrash, yoshlarni madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ijtimoiy axamiyatga molik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek mazkur sohaga oid dastur va normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi masalalarida NNTlarning davlat tashkilotlari va boshqa nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish”ga qaratildi.

Forum davomida davra suhbati shaklida o‘tkazilgan guruhlar ishi jarayonida Markaziy davlat arxivi ilmiy xodimi Sh.Abduraximova “Madaniy merosni saqlashda arxiv, muzey va kutubxonalarning o‘zaro aloqadorligi masalalari” mavzusida ma’ruza qildi va arxiv hujjatlarining madaniy meros ob’ekti yodgorliklari hisoblanilishi borasida o‘zining fikr-takliflarini bildirib o‘tdi.

Agentlik Axborot xizmati