“Manbalar so‘zlaganda” ko‘rsatuvining navbatdagi qismi

O‘zbekiston Milliy arxivida arxiv hujjatlari asosida tayyorlangan “Manbalar so‘zlaganda” ko‘rsatuvining navbatdagi qismi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etildi. Bu safar mavzu geologiya va mineralogiya fanlari doktori, professor Oskar Islomovich Islomovga (1910-1978) bag‘ishlandi. O‘zbekiston Milliy arxivi ilmiy xodimi Mahzuna Salomova Oskar Islomovning shaxsiy arxiv fondidagi hujjatlariga tayangan holda, uning hayoti va ilmiy faoliyati tarixini yoritib berdi. Oskar Islomovning hujjatlari orasida "Qizilqumning qadimgi dengizlari", "Atlantida topildi", "Yer qobig‘ining harakatlari", "O‘lkamiz tog‘lari", "Yerning paydo bo‘lishi va uning ichki tuzilishi" kabi ko‘plab maqolalar va ma’ruzalar mavjud. Ushbu noyob arxiv materiallar fizika va geologiya fanlariga qiziqqan har bir kishiga qiziq va foydali bo‘ladi.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati