Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish masalalariga oid uslubiy ishlanmalar tayyorlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar tayyorlanib, davlat organi va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazildi.
Jumladan:
-
manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi.
Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
-
manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi.
Mazkur materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-axloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi.