“Mangu lahzalar” hujjatli filmi | Rejissor - Ali Xamroyev
O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan taniqli ijodkor Ali Xamroyev rejissyorligida tayyorlangan “Mangu lahzalar” hujjatli filmi. Filmdagi qiziqarli kadrlar orqali arxivning kecha va bugungi kuni, unda saqlanayotgan o‘ta noyob, benihoya qiziqarli kino, foto, ovozli hujjatlar xaqida maʼlumot olish mumkin. Film o‘zbek tilida tayyorlanib, rus tiliga dublyaj qilingan va ingliz tilida subtitr qilingan.