“Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar”

Joriy yil 30 aprel kuni “O‘zarxiv” agentligi direktor o‘rinbosari Sh.Sadikov, Axborot xizmati rahbari A. Aliyev, O‘zbekiston Milliy arxivi direktor o‘rinbosari A.Mahkamov, bir qator arxivchilar Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.
Konferensiyada “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev hamda O‘zbekiston Milliy arxivi direktor o‘rinbosari Alijon Mahkamov ma’ruza qildilar.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати