Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 10 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ4463-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va 2020 yilda Agentlik tomonidan rejalashtirilayotgan masalalar muhokama qilindi.
Matbuot anjumanida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan yaratilayotgan fuqarolarga davlat pensiyalarni tayinlashda ish xaqi va ish staji to‘g‘risidagi arxiv ma'lumotnomalarini olish bo‘yicha yagona axborot tizimi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

“O‘zarxiv” Agentligi Axborot xizmati