Matbuot xizmatlari: yaratish, ommalashtirish, tushuntirish

«Media va kommunikatsiyalar maktabi» loyihasi doirasida 22 oktyabr kuni matbuot kotiblari uchun uch kunlik o‘quv kursi boshlandi.
Respublika davlat organlari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining rahbarlari ushbu kurslarda tinglovchi sifatida ishtirok etishdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda ma’lumot oladigan kanallar soni doimiy ravishda ko‘payib borayotgan bir sharoitda matbuot xizmatlarining axborot makonini shakllantirishdagi roli sezilarli darajada oshdi. Tahlillarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan xabarlarning taxminan 70% matbuot xizmatlarining rasmiy relizi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, matbuot kotiblari malakasining yuqori darajada bo‘lishi ayni dolzarb masaladir.
«Media va kommunikatsiyalar maktabi» loyihasi ushbu ta’lim modulini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати