MAXFIYLIKDAN NAVBATDAGI HUJJATLAR ChIQARILDI

Arxiv hujjatlarini navbatdagi maxfiylikdan chiqarish ishlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi “ O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PF-5834-sonli Farmonining 3- bandida ko‘rsatilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan 5-ta fondagi, 15 saqlov birligidagi 655 varaqdagi arxiv hujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi.
Bular quyidagi arxiv hujjatlari:
O‘zbekiston Milliy arxivining I-46qm fondi “ Upravleniye Turkestanskogo tamojennogo okruga” fondining 23, 51,
I-16qm fondi “Upravleniye pereselencheskim delom v Sir-darinskom rayone” fondining 2m-,
I-5qm fondi “ Kanselyariya nachalnika Zarafshanskogo okruga kanselyarii Turkestanskogo general-gubernatora” fondining 14m, 22m, 23m, 33m,
I-194qm “Patta-Gisarskaya tomojnya Upravleniya Turkestanskogo tamojennogo okruga sel. Patta-Gisar” fondining 6m, 7m, 9m, 11m, 12m, 13m. 18m -yig‘majildlari va boshqa shu kabi tarixiy hujjatlar.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati