M.Behbudiy- Tarixning o‘qilmagan sahifalari
M.Behbudiy- Tarixning o‘qilmagan sahifalari
2020 yil 21 yanvar' kuni O‘zbekiston Milliy arxivida XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy xarakatchiligining eng yirik namoyondasi M.Behbudiy tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan “Tarixning o‘qilmagan sahifalari” ilmiy-marifiy anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy Universiteti tarix fakul'teti, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti talabalari, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Milliy arxivlari rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.
Anjuman O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy xarakatchiligining eng yirik namoyondasi M.Behbudiyga oid arxiv hujjatlarini yoritish, yoshlarni Vatanga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash va milliy g‘oya tushunchasini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.
Anjuman doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada M.Behbudiyga oid alohida qimmatli arxiv hujjatlari va kitoblar namoyish etildi.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, ma'ruzachilardan biri - Angliyaning Oksford universiteti tadqiqotchisi Tomas Velsford M.Bexbudiy xayoti va faoliyatining o‘rganilmagan sahifalarini ochib beruvchi ma'ruza bilan ishtirok etdi. Tomas Velsford uzoq vaqt davomida O‘zbekiston Milliy arxivi o‘quv zalida o‘z ilmiy tadqiqotini olib borib, ilgari o‘rganilmagan arxiv hujjatlari bilan ishlamoqda.
“O‘zarxiv” Agentligi Axborot xizmati