“MDH davlatlari yosh arxivchilari II yozgi maktabi”da O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirok etdi.
Joriy yilning 11 – 14 iyun kunlari Qozog’iston Respublikasi Olma-Ota shahrida Qozog’iston Respublikasi Prezidenti arxivi va Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan “MDH davlatlari yosh arxivchilari II yozgi maktabi”da O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur yozgi maktabga taklif qilingan arxiv sohasidagi chet el ekspertlari ma’ruzalari tinglandi. Chet el ekspertlari arxiv ishi bo’yicha joriy qilingan yangi texnologiyalar va zamonaviy usullar bilan o’zaro fikr almashishdi.
Tadbir davomida Polsha Milliy xotira instituti direktori, Amerika Qo’shma Shtatlari tadqiqotchi professori va Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston milliy universiteti tarix fanlari doktori, professorlari tomonidan bugungi kun arxiv sohasidagi me’yoriy hujjatlar, elektron bazalar, dasturiy ta’minotlar bo’yicha ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga Qozog’iston Respublikasi Prezidenti arxivi va Olma-Ota shahri markaziy davlat arxivida arxiv sohasi bo’yicha olib borilayotgan faoliyati bilan tanishildi, shuningdek Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston milliy universitetining faoliyati yaqindan tanishtirildi.
Ma’lumot uchun
Qozog’iston Respublikasi Prezidenti arxivi (http//archive.president.kz)
Qozog’iston Respublikasi Prezidenti arxivi 1994 yil 14 yanvarda davlat rahbarining 1502-sonli Farmoniga asosan Almata shahrida tashkil qilingan. Ushbu arxivning Ostona shahrida filiali mavjud. Arxiv binosi 1974 yilda qurilgan bo’lib, 8 ta saqlovxona va xizmat inshootlari mavjud. 2017 yil 1 yanvar holatiga Almata shahridagi Qozog’iston Respublikasi Prezidenti arxivida 1918-2013 yillarga oid 739 000 dan (726 363 s.b. qog’oz, 11 526 h.b. fono, 61 167 h.b. sug’urta fond, alohida qimmatli hujjatlar nushalari) ko’proq saqlov birligi hujjatlari saqlanib kelinmoqda.
“Qozog’iston Respublikasi Prezidenti”, “Qozog’iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi”, “Qozog’iston Respublikasi respublika gvardiyasi”, “O’zbekiston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi davlataro kengashi va ularning ijro etuvchi qo’mitalari” va boshqa ichki va tashqi ko’p tarmoqli masalalar, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy rivojlansh kabi muhim hujjatlar Qozog’iston Respublikasi Prezidenti arxivi fondlarida saqlanib kelinmoqda.
Arxiv saqlovidagi hujjatlar mundarijasi aks etgan 3 200 ta ro’yxatlar mavjud. O’tgan yillar davomida “Arxiv fondi”, “Qozoq SSR Prezidenti dalolatnomalari”, “Elektron katalog. Mustaqillik davri”, “Qozog’iston kengashi kadlar nomenklaturasi”, “Qozog’iston Respublikasi Prezidenti arxivi jamlash manbalari tashkilotlari”, “Shaxsiy hujjat”, “Alohida qimmatli hujjatlar”, “Kutubxona fondi”, “Ma’lumot axborot jamg’armasi” kabi axborot-qidiruv bazalari ishlab chiqilgan. 2017 yildan boshlab “Elektron o’quv xonasi” ishga tushirilgan bo’lib, mazkur http//archive.president.kz rasmiy sayt orqali tadqiqotchilar arxiv fondida mavjud, elektron hujjatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.