MDHga aʼzo davlatlar davlat arxiv xizmatlari rahbarlari maslahat kengashining XXI yigʻilishi boʻlib oʻtdi

MDHga aʼzo davlatlar davlat arxiv xizmatlari rahbarlari maslahat kengashining XXI yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2025-yil 3-iyun Moskva shahrida (Rossiya Federatsiyasi) MDHga aʼzo davlatlarning Davlat arxiv xizmatlari rahbarlarining maslahat kengashining (keyingi oʻrinlarda Maslahat kengashi deb yuritiladi) XXI yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Maslahat kengashida O‘zbekiston Respublikasidan “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ishtirok etmoqda.

Maslahat kengashi yig‘ilishida U.Yusupov O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilda arxiv ishining holati va Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligini nishonlash bo‘yicha arxiv muassasalari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

 


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati