Milliy matbuot markazida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan joriy yil agentlik tizimida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2021 yilga mo‘ljallangan rejasi 21 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi. 
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan 3 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Agentlik tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 26,8 mlrd. so‘m             (2020 yilga nisbatan 147 %)ni tashkil etdi.
“O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 29 ta sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazilib, ularda 156 nafar fuqarolar murojaatlari ijobiy ko‘rib chiqildi.
Agentlikka joriy yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 830 ta, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 690 ta, ishonch telefoni orqali 8 ta, yozma tarzda 132 ta murojaatlar kelib tushdi. 
Respublika davlat arxivlariga esa jami jismoniy va yuridik shaxslardan 
4 128 ta (2020 yilga nisbatan 212 %) murojaatlar kelib tushdi hamda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi, shu bilan birga rejadan tashqari bir qator arxiv ishlari ijrosi ta’minlandi.
2021 yil davomida davlat arxivlarga 129 409 ta mavzuli (2020 yilga nisbatan 238%), 633 293 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi (2020 yilda nisbatan 151%) so‘rovlar kelib tushgan. Shundan, 72 % ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan. Arxiv hujjatlari asosida ko‘rib chiqilgan so‘rovlarning 94 %i ijobiy hal etilgan. Shuningdek, tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar jami klib tushgan so‘rovlarga nisbatan 29,5 %ni tashkil etgan.
“O‘zarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2021 yil davomida 168 ta tashkilot va korxonalarda nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, tekshiruv natijasida tashkilot va korxonalarga 45 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda 3 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.
2021 yilda vazifalar doirasida alohida e’tibor qaratgan holda amalga oshirish rejalashtirilgan 9 ta yo‘nalish bo‘yicha qo‘yidagilar ishlar bajarildi:
My.mehnat.uz tizimi bilan “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi integratsiya qilinib, Ish stajini tasdiqlash xizmati ishga tushirildi. “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashgan platformasiga my.archive.uz “O‘zarxiv” agentligi elektron davlat xizmatlari portali muvaffaqiyatli ulandi;
joriy yil 9 iyun “Xalqaro axivlar kuni” arafasida Buxoro viloyati Kogon shahar davlat arxivi hamda Navoiy viloyati Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi va Konimex tumani davlat arxivi, 25 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Yangiyor tuman davlat arxivi yangi arxiv binolari foydalanishga topshirildi, Sirdaryo viloyati va Jizzax viloyati G‘allaorol tuman davlat arxivlari yangi binolari qurilish ishlari yakuniga yetkazilib foydalanishga topshirish arafasida;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishiliib, 209 ming saqlov birligida qog‘oz asosidagi 13,7 mln. kadr (rejaga nisbatan 114 %) elektron nusxalari yaratilib, alohida qimmatli hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish ko‘rsatkichi 37,7 % ga yetkazildi;
Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 1028 nafar (rejaga nisbatan 103 %) tinglovchilar malakasi oshirib, shundan, 56 % tinglovchilar vazirlik va idoralarning arxiv ishi va ish yuritishga mas’ul xodimlarini tashkil etgan;
“Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash” va “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish” davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha elektron xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) shuningdek, sud qarorlari bo‘yicha davlat arxivlaridan ma’lumotnomalarni olish yuzasidan E-XSUD tizimlari bilan integratsiyalashuvi orqali yo‘lga qo‘yildi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Yagona billing” tizimi integratsiya qilindi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar bo‘yicha onlayn to‘lov tizimlari joriy etildi;
O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlar internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, shundan 68 % optik tolali internet tarmog‘i bilan ta’minlandi;
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashiga MDH Iqtisodiy kengashining 2004 yil 3 dekabrdagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi 2021 yil 24 fevraldan rasman a’zosi bo‘lib qo‘shildi;
“Arxiv ishi” yagona axborot tizimi bugungi kunda takomillashtirilib davlat arxivlari saqlanayotgan shaxsiy tarkibga oid fondlarni qamrab olgan 80 mingdan ziyod ma’lumotlar bazalari shakllantirildi va doimiy elektron baza ma’lumotlari yangilanib borilmoqda;
“O‘zarxiv” agentligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi imzolangan shartnoma asosida 2021 yil 14 yanvarda ikki tomonlama Texnik bitim imzolangan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilinganlar taqdiriga aloqador ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan foydalanish uchun ochiq arxiv hujjatlarini (tanlangan arxiv materiallari) kataloglashtirish va mavzuli sharhlarni tuzish, tanlangan arxiv materiallarining 50 ming kadr raqamli reproduksiyasi yaratildi, http://evacuation.archive.uz saytini ishlab chiqish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, Yahudiy xalqi tarixi markaziy arxivi (Quddus) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum, Polsha Respublikasidagi Gdansk shahrida joylashgan Ikkinchi jahon urushi muzeyi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston arxivlari” hujjatli filmi tasvirga olindi va taqdim etildi. “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “O‘zbekiston arxivlari” axborot kitob-albomi chop etildi va “Mustaqillik 30” veb-sayti ishga tushirildi.
Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari yuzasidan joriy yilda jami 279 ta turli tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati