Mirishkorlar mehnatining mo‘l hosili
Surxondaryo viloyatida boshoqli don hosilini qisqa fursatlarda yig‘ib olish tadbirlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. G‘alla o‘rim-yig‘imiga 302 ta “Keys” va “Klaas” rusumidagi don o‘rish kombayni jalb etilgan.
Angor tumanidagi “Samandarov Xursan” fermer xo‘jaligi 28 gektar yerda yetishtirgan g‘alladan mo‘l hosil ko‘tarib, shartnoma majburiyatini ortig‘i bilan bajardi. 25 nafar ishchi mehnat qilayotgan xo‘jalikning g‘alladan bo‘shagan maydonlarida somondan tozalash va shudgorlash ishlari peshma-pesh olib borilayotir. Baravj o‘sayotgan g‘o‘za esa barcha agrotexnika qoidalari asosida parvarishlanmoqda.
Manba:uza.uz