Mukofot muborak, aziz hamkasblar!
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi tegishli Farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, xalqimiz faravonligini ta’minlash, yoshlarni sog‘lom va barkamol avlod qilib tarbiyalashdagi alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi.
Mukofotlanganlar orasida "O‘zarxiv" agentligi tizimi xodimlarining ham borligi Agentlik butun jamoasini behad quvontirdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ushbu yuksak e’tirof — “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlangan hamkasblarimizni samimiy tabriklaymiz.