A X B O R O T X A T I
O‘zbekiston Milliy arxivida “O‘zarxiv” agentligining 2020 yil 2 iyuldagi 135-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga doir kompleks masalalarni keng tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha” media-rejasiga asosan 2020 yil 28 avgust kuni “Mustaqil yurt arxivlari: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Mazkur ilmiy-amaliy anjuman onlayn tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. ANJUMANGA QUYIDAGI YO‘NALIShLAR BO‘YIChA MA’RUZALAR QABUL QILINADI: 1. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda arxiv hujjatlarini ahamiyati; 2. Arxivlar va ta’lim tizimi integratsiyasi; 3. Arxivlar, muzeylar va kutubxonlar hamkorligi. Anjuman materiallari bo‘yicha ma’ruzalar to‘plami chop etiladi. Quyida keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan ma’ruza va tezislarni 2020 yil 20 avgustgacha tashkiliy qo‘mitaga jo‘natishingizni so‘raymiz. Pochta manzili: Toshkent sh., Chilonzor tum., Chilonzor, 2. O‘zbekiston Milliy arxivi. Anjuman o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita. Elektron pochta: info@mda.uz yoki telegram rakami: +998 93 3929404 orqali jo‘natish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Muxamedjanova Madina (telegram: ++99893 3929404 )ga murojaat etish mumkin. Ma’ruzalarni rasmiylashtirishga doir talablar: 1. Ma’ruzalar matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. 2. Ma’ruzalar 6-8 varaqda, A4 o‘lchamdagi qog‘ozda, qator oralari 1,15 interval, 14 shriftda, betdagi chegaralar chapdan 30 mm, o‘ng, yuqori va pastki chegaralari 20 mm bo‘lishi lozim. Ma’ruzaning elektron varianti Microsoft Word dasturida Times New Roman redaktorida yozilgan holda jo‘natilishi kerak. 3. Chap chegaradan katta harflar bilan 1 intervalda ma’ruza nomi, 3 interval pastdan kichik harflarda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi yozilsin. Albatta muallif bilan bog‘lanish uchun elektron pochtasi yoki telegramm raqami ko‘rsatilishi shart. 4. Maqola va tezislarda keltirilgan ma’lumotlarga muallifning shaxsan o‘zi javobgar bo‘ladi. 5. To‘plam elektron shaklda chop etiladi. Yuqoridagi talablarga javob bermagan maqola va tezislar chop etilmaydi.
"Yagona va Ishonch telefoni" xizmatidan qoniqdingizmi?
Notes to administration (optional):