Nafaqadagi arxivchimiz xolidan xabar olindi
Tamara Vasilevna Nurmatova ko‘p yillar arxiv sohasida ishlab, uzining samarali va fidokorona mehnatini oqlab bugun qarilik nafaqasida yashab kelmoqda. Agentlik har bayramda o‘zining ustoz xodimlarini eslab yo‘qlab turadi. Bugun Tamara Vasilevnadek jonkuyar xodimlarni tarbiyalashda ularda o‘rnak olamiz. Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “O‘zarxiv”agentligi va O‘zbekiston Milliy arxivi xodimlarining bugungi kun rejasidagi keyingi manzili aynan Tamara Vasilevanning xonadoni bo‘ldi. O‘tgan kunlar esga olindi, ayniqsa Mustaqillik ilk yillari yodiga tushgan Tamara opa, ko‘p xayrli ishlarni so‘zlab berdi.
Agentlikning sovg‘a-salomlari, tashakkurnomasi va hurmat tabrigi topshirildi.