Namangan viloyati tarixida muhim voqea 2025-yil 14-iyun kuni Namangan viloyati davlat arxivining zamonaviy va qulay yangi binosi tantanali ravishda ochildi. 







Namangan viloyati tarixida muhim voqea 2025-yil 14-iyun kuni Namangan viloyati davlat arxivining zamonaviy va qulay yangi binosi tantanali ravishda ochildi. 

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov, Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Shokirjonovich Abdurazzoqov, Forum ishtirokchilari, arxiv xodimlari, faxriylar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. 

Ochilish marosimida Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Shokirjonovich Abdurazzoqov “O‘zarxiv” agentligining idoraviy mukofoti “SOHA IFTIXORI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu muhim tadbir arxiv ishlarini zamonaviy bosqichga olib chiqish, tarixiy hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ma'lumot uchun: Yangi bino zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilib, unda 600 mingdan ortiq arxiv hujjatlarini xavfsiz saqlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Binoda iqlim nazorati tizimi, yong‘inga qarshi ilg‘or vositalar, raqamlashtirish xonalari, zamonaviy kutubxona va foydalanuvchilar uchun qulay o‘quv zallari mavjud. Namangan viloyati davlat arxivlari bugungi kunda 1 million saqlov birligidan ziyod arxiv hujjatlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, ular viloyat tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, siyosiy voqealari va madaniy merosiga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu hujjatlar 1917-yildan boshlab jamlangan bo‘lib, mintaqaning o‘tmishi haqida to‘liq va ishonchli manba hisoblanadi. Yangi arxiv binosini qurish uchun 19 milliard 200 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Bu tashabbus davlatimizning tarixiy merosni asrash va kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi doimiy e’tiborining amaliy ifodasidir.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati