Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.




















Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarga to‘liq javob berildi. Har bir masala atroflicha o'rganib chiqilib, fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi. Bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Namangan viloyatidagi xizmat safari doirasida ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati