Narpay tuman davlat arxivi yangi binosi foydalanishga topshirildi
Samarqand viloyati Narpay tuman hududida Samarqand-Buxoro avtomobil magistral yo‘li yoqasida joylashgan 1994 yilda qurilgan paxta qabul qilish punkti bo‘lgan, foydalanilmaydigan binoni Narpay tuman hokimining 2016 yil 24 iyundagi №656-q sonli qaroriga asosan Narpay tuman davlat arxiviga egalik qilish huquqi berilgan. 2019 yil davomida Narpay tuman davlat arxivining maxsus hisob raqamidagi 250.000.000 so‘mdan ortiq o‘z mablag‘lari hisobiga joriy ta’mirlash ishlari yakunlanib, 2019 yil 19 dekabr kuni tuman hokimligi bilan hamkorlikda binoning ochilish marosimi o‘tkazildi. Ochilish marosimida “O‘zbekiston 24” telekanali va maxalli ommaviy axborot vositalari vakillari, Narpay tuman hokimligi mutassadi xodimlari, faxriylar, Yoshlar itifoqi, madaniyat uyi xodimlari, jamoatchilik vakillari hamda Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlar direktor va xodimlari ishtiroq etdi. “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati