Navoiy viloyati davlat arxivi binosida qurilish rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Avval xabar qilinganidek, Navoiy viloyati davlat arxivi binosida qurilish rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, Navoiy viloyati hokimining 2021 yil 26 apreldagi F-23-son farmoyishiga asosan Viloyat davlat arxivi binosini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha 26 sentyabrda Navoiy viloyati davlat arxivi binosida olib borilayotgan qurilish rekonstruksiya ishlarining borishi yuzasidan Viloyat hokimligi shtab yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shtab yig‘ilishiga Navoiy viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Bobomurodov raislik qildi. Shuningdek, yig‘ilishga viloyat “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, viloyat qurilish nazorat inspesiyasi, viloyat hududgaz boshqarmasi va pudratchi tashkilot rahbarlari kabi masalaga aloqador barcha mutasaddilar qatnashdi.
Yig‘ilishda Viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan mutasaddilarga qurilish rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish bilan bir qatorda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.