OAV xodimlariga 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan "O‘zarxiv" agentligi direktori "Tashаkkurnomasi" va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan bir guruh OAV xodimlariga 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan "O‘zarxiv" agentligi direktori "Tashаkkurnomasi" va esdalik sovg‘alari topshirildi.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Mallayev hamda Axborot va ommaviy kommmunikasiyalar agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Aslonov ishtirokida viloyatda faoliyat olib borayotgan bir guruh OAV xodimlari taqdirlandi. 

Jumladan, Farg’ona viloyati teleradiokompaniyasi 1-toifali muxarriri Yunusova Gulnora Ergashaliyevna, Kun.uz internet saytining Farg’ona viloyatidagi muxbiri Ziyayev Sarvar Shuxratovich hamda Farg’ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmatiga mas’ul xodimi Madaminov Rafiqjon Ro’zimuxammadovichlarga "O‘zarxiv" agentligi direktori "Tashаkkurnomasi" va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Shuningdek, tadbir davomida OAV xodimlariga ko‘p yillardan buyon arxiv sohasi faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazilishidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusida ham hamkorlikda ko‘plab loyihalar amalga oshirilishi kelishib olindi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati