Ochiqlik siyosatini buzganlik qonun bilan javobgarlik belgilandi.
Joriy yilning 17 avgust kuni "O‘zarxiv" agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 3 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida"gi O‘RQ-786-son Qonuni targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Qonuning mazmuni bo‘yicha fikrlar almashilib, asosiy e’tibor davlat organlari faoliyatining ochiqligiga, ushub faoliyatni buzganlikdagi javobgarlikka e’tibor qaratildi. Jumladan, Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. Targ‘ibot tadbirida Adliya vazirligining targ‘ibot materiallaridan foydalanildi. Arxiv xodimlari tomonidan davlat organlari faoliyatining ochiqligini buzganlikda aybdorlarga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralari keng muhokama etilib, Agentlik va uning hududiy tashkilotlarida mazkur qonunni keng targ‘ib qilishga kelishib olindi.