Odiljon Siddiqov I.Karimovdan olgan soatini yuqori qadrlaydi

Odiljon Siddiqov I.Karimovdan olgan soatini yuqori qadrlaydi
Ikkinchi jahon urushining yana bir fahriysi xonadoniga Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Qo‘rg‘ontepa tumani shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxiv xodimlari tashrif buyurdilar. Mazkur tumanda yashovchi Siddiqov Odiljon ota tabarruk 94 yoshni qarshiladi. O.Siddiqov 1942 yilda 40 nafar do‘stlari bilan urushga ketgan. Afsuski ortga bir o‘zi kaytdi. Bo‘lib o‘tgan voqealarni otaxon ko‘zda yosh bilan esga oldi. 1945 yilda G‘alabadan so‘ng dengiz flotida ishlashga qolgan O.Siddiqov Ispaniya, Angliya, Xitoy, Germaniya, Fransiya davlatlarida bo‘ldi. 1947 yilda Odiljon ota o‘z yurtiga qaytdi. Ota uchun eng qadrli sovg‘alardan biri O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan berilgan soatdir.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati