Olmaota shahrida o‘tkazilayotgan MDH mamlakatlari-davlat arxiv idoralari rahbarlari Maslahat Kengashining 18-yig‘ilishida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada O‘zbekistonda arxiv ishi va ish yuritish sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, joriy etilgan elektron arxiv xizmatlari, ishlab chiqilgan axborot tizimlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, moddiy-texnik ta’minot haqida axborot va sohani rivojlantirishga doir takliflar taqdim etildi.

Olmaota shahrida o‘tkazilayotgan MDH mamlakatlari-davlat arxiv idoralari rahbarlari Maslahat Kengashining 18-yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra navbatdagi muhlatga Maslahat Kengashi raisligiga O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovni saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Navbatdagi Maslahat Kengashining 19-yig‘ilishi 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilandi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati