Oltinko‘l tuman davlat arxivida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi











Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Oltinko‘l tuman davlat arxivida 8-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” va 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

"Ochiq eshiklar kuni" doirasida Oltinko‘l tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A. Ergashev, Oltinko‘l tuman Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi A. Ibragimov, Oltinko‘l tuman 3-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchilari hamda tuman davlat arxivi xodimlari ishtirokida korrupsiya xavf-xatarini oldini olish, bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati