Onlayn muloqot o’tkazildi
Onlayn muloqot o’tkazildi
O'zbekiston Respublikasi 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash borasida, shuningdek arxiv muassasalarida murojaatlarning ijrosi bo’yicha olib borilayotgan ishlardan keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida 14 oktyabr kuni "Mahalla” radiosida onlayn suxbat o'tkazildi.
Mazkur suhbatda “O’zarxiv” agentligining bo’lim boshliqlari A.Mengliev av A.Usmonovlar ishtirok etdilsr. Suxbat jarayonida respublika arxiv muassasalari bu borada amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, telefon orqali fuqarolardan kelib tushgan savollarga onlayn tarzda javob berildi.
Axborot xizmati