O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

 

 

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, ta’lim-tarbiya tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yoshlarga ilm-fan asoslarini va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi fidoyiligi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»

Berdiyev Turdali Jumanovich - Yakkabog‘ tumanidagi 14-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Usmonova Arofatxon Madaminovna - Shahrixon tumanidagi 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi»

Jabborova Gulnora Bekchanovna - Yangiariq tumanidagi 38-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Saidxodjayeva Vasila Muxammadalimovna - Piskent tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi,

Toshkent viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»

Allanov Ayapbergen Jabbarbergenovich - Nukus shahridagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Djurayeva Jamila Zulponovna - Jizzax shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Karimova Dilbar Tashpulatovna - Toshkent pedagogika kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Mardayev Gulmurad Xaydarovich - Jarqo‘rg‘on qurilish va gidrotexnika kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Sultonova Sayyora Dilmurodovna - Pop tibbiyot kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Toshmurodova Maloxat Nosirovna - Jomboy tumanidagi 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Xamroyev Rajabboy Qo‘ldoshovich - Navbahor sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Xodjiyeva Oygul Kadirovna - Marg‘ilon milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Shommiyeva Malika Hamroyevna - Qorovulbozor tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Buxoro viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»

Artikov Alisher Abdullayevich - Sayxunobod tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining shashka bo‘yicha murabbiyi, Sirdaryo viloyati

Yurtimizda ta’lim sohasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, xalqimizning madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Allanazarov O‘rol Shodmonovich - Qiziriq tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Amanova Zulxumor Xamidovna - Farg‘ona viloyatidagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Turdimatov Zakir Yarlakapovich - Bekobod texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Botirov Maxamadali Axmadovich - Yozyovon tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Djalilov Asatulla Tuychiyevich - Shirin energetika va maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Jumanazarova Zerlixan Jumamuratovna - Kegeyli tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Zufarova Diloram Temirovna - Olmazor tumanidagi 249-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Ishtayev Yuldosh Kushnazarovich - Zarbdor qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Yo‘ldashev Obidjon - Namangan qurilish va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Karimov Ilxomjon Nishanovich - Jalolquduq tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Mamatkulov Abdulla - Bulung‘ur tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Rajapbayev Atabek Egamberganovich - Urganch tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Raximova Gulbaxor Sharofovna - Buxoro turizm kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Turayeva Maxfuza Sheraliyevna - Sariosiyo tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Xamzayeva Gulxumor Ergashbayevna - Yangiyo‘l tumanidagi 65-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Hasanov Zayniddin Nasriddinovich - Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Navoiy viloyati

Sherkulova Dilrabo Aramovna - Qarshi shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Mamarazakova Natalya Sabirovna - Andijon olimpiya zaxiralari kollejining sinxron suzish bo‘yicha murabbiyi, Andijon viloyati

Reimova Gulbaxar Yedenbay qizi - Shumanay tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Shaulov Konstantin Eduardovich - Toshkent shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining sport gimnastikasi bo‘yicha katta murabbiyi

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abduraxmanova Zamira Amirillayevna - Guliston tibbiyot kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Jo‘rayeva Barchinoy Meyliyevna - Qarshi sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Kayumova Nazira Raxmatullayevna - O‘rta Chirchiq tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Kuznetsova Inna Borisovna - Yashnobod tumanidagi 307-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Matmusayeva Ranoxon Djurabayevna - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Andijon viloyati

Rajabov Ilxom Usmonovich - Vobkent tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Rustamova Lobarxon Ibragimovna - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Safarova Nodira Tursunboyevna - Uzun tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Tleumuratova Zulfiya Sansizbayevna - Qonliko‘l tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Turdaliyeva Dilorom Mamatovna - Paxtakor tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Ulug‘bekova Irodaxon G‘ulomjonovna - Oltiariq tumanidagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Xakimova Shaxodat Abdullayevna - Navoiy shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Xamrayev Qamardin Ablakulovich - Samarqand avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji direktorining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari, Samarqand viloyati

Shaxmetova Alfiya Kalimullovna - Urganch shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Abdullayev Erkinboy Ro‘zimovich - Qo‘shko‘pir tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Abdullayeva Gulbaxar Saypiyevna - Karmana sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Akimniyazov Hikmat Asamatdinovich - Qo‘ng‘irot kimyo sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Alimardanova Nargiza Tayirovna - Jizzax viloyatidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha bosh murabbiyi

Amirullayev Abdulxak Kamalovich - Payariq tumanidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Ashurov Numonjon - Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi 2-akademik litseyning fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Babayev Akmal Azamovich - Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Baxriyeva Marxamat Turgunovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Boyqobilova Lobar Toshtemirovna - Oqdaryo tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Vaisova Shaxlo Azimboyevna - Xiva axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Gafurova Gulchiroy Akbaraliyevna - Mingbuloq tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

G‘afforova Anorxol Bahromovna - Sherobod tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Davletova Shoxida Shuxratovna - Toshkent shahridagi 2-Respublika tibbiyot kollejining ingliz tili fani o‘qituvchisi

Davranova Mukaddamxon Ibragimovna - Paxtaobod tumanidagi 37-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Dusyarov Olim Xudaymuratovich - Termiz sanoat va transport kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Surxondaryo viloyati

Kabinov Istam Ashurovich - Kogon shahridagi 6-bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi, Buxoro viloyati

Kadirov Shuxrat Kabilovich - Uchtepa tumanidagi 203-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Kendjayeva Xolida Yuldoshevna - Qarshi tumanidagi 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Kenjayeva Manzura Eshboltaevna - G‘uzor moliya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Kubayeva Nilufar Toshmurodovna - Ishtixon maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Mamajonov Maqsadjon Muxtorovich - Farg‘ona olimpiya zaxiralari kollejining taekvondo bo‘yicha bosh murabbiyi, Farg‘ona viloyati

Maxkamov Rashid Djurayevich - Toshkent avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Maxmudov Zuxriddin Danayevich - G‘allaorol tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Masharipov Xudayar Islambayevich - Bog‘ot tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Mirshayeva Nodira Homidovna - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Muslimova Saida Tilapovna - Bo‘stonliq tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Mustofoyev Jumanazar Safoyevich - Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-Qorako‘l akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Muxamedjanova Guli Maratovna - Toshkent qurilish va kommunal kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Muxitdinova Nargizaxon Murotovna - Quva komputer texnologiyalari kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Nazarov Ravshan Abduraximovich - Muzrabot tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Niyazova Zulxumor Sagdillayevna - Koson sanoat-transport kasb-hunar kollejining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Orifjonova Munira Tairovna - Yunusobod tumanidagi 21-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri

Pirov Ravshan Erniyozovich - Jondor sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Radjabova Matlyuba Ismailovna - Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Razikova Lola Yuldashaliyevna - Quyi Chirchiq transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Toshkent viloyati

Raximova Farida Xusenovna - Kitob tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Saypov Saylaubay Berdibayevich - Nukus tumanidagi agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejining kimyo fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Talibov Gayrat Xamidovich - Samarqand shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining og‘ir atletika bo‘yicha bosh murabbiyi, Samarqand viloyati

Tapilova Matlubaxon Nazmiddinovna - Angren kimyo sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Temirova Mamuraxon Koxorovna - Baliqchi tumanidagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Tojiboyev Zoxidjon Abdusattarovich - Namangan tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Turaqulova Xurshida Egamberdiyevna - Qamashi tumanidagi 6-bolalar musiqa va san’at maktabining dutor sinfi o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Turdimuratova Abadan Baymuratovna - Nukus pedagogika kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Usmanova Laziza Kasimovna - Uchqo‘rg‘on tumanidagi 43-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Fayziyeva Matluba Sharopovna - Nurota tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Xaitov Turaboy Ruziyevich - Dang‘ara tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Xalikulova Zulayxa Anvarovna - Guliston tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Xalmuratova Jumagul Mafurovna - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshidagi akademik litseyning biologiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xamdamova Azizaxon Sobirjanovna -Yangiqo‘rg‘on yengil sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Namangan viloyati

Xodjabayeva Dilfuza Djurayevna - Mirzaobod tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 29-sentabr

Manba: O'zA