“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev “Axborot-kutubxona aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.



















“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev “Axborot-kutubxona aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Jizzax shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Central Asia – 2024”: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi doirasida mahalliy va xorijiy axborot-kutubxona sohasi vakillari ishtirokida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro konferensiyaning birinchi ish kuni yakunida sohada samarali faoliyat olib borgan, ustoz-shogird anʼanalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda jonbozlik ko‘rsatgan, aholi, shu jumladan, yosh kitobxonlarning maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini oshirishda mehnatlari singan qator faol xodimlar va “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev “Axborot-kutubxona aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati